SIZ BILARMIDINGIZ?

Qahvaning daraxtda o‘sishini bilarmidingiz? Hammasi doimo yashil bo‘ladigan qahva daraxti va unda mavjud qimmatbaho qizil dukkaklardan boshlanadi. U dunyoning 70 ga yaqin mamlakatida, tropik va subtropik mintaqalarda yetishtiriladi. Quyidagilarni bilarmidingiz:

Coffee climate GOLD RGB 500px

Qahva daraxti issiq va nam iqlimlarni yaxshi ko‘radi. Ular seryomg‘ir va unumdor tuproqda 17-23°C haroratda yaxshi o‘sadi.

Abundant varieties GOLD RGB 500px

Qahvaning 60 dan ortiq turli navlari mavjud, ammo arabika va robusta eng ko‘p yetishtiriladi. Arabika o‘zining nozik shirinligi bilan mashhur, robusta dukkaklari esa biroz achchiqroqdir.

Coffee blossoms GOLD RGB 500px

Qahva gullari xuddi shunday xushbo‘y hid va oq rangga ega bo‘lgan jasmin gullariga o‘xshaydi.

MAHORAT BILAN TAYYORLANGAN

Qanday qilib qavha dukkaklari mazali qahvaga aylanishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Hosil yig‘ishtirib olinganidan keyin dukkaklar ehtiyotkorlik bilan yuviladi, quritiladi, saralanadi va aralashtiriladi, bu turli xil navlarning individual xarakterini birlashtiradi.

jacobs desktop wide masterfully made2x

ZAVQ BILAN QOVURISH

Aralashtirilgandan so‘ng, uning tarkibidagi xushbo‘y yog‘lar va ta’mni chuqur ochib berish uchun biz qahva donalarini qovuramiz.

Roast time GOLD RGB 500px

Qovurish o‘rtacha 12 daqiqa davom etadi.

Temperature aroma GOLD RGB 500px

Qovurish paytida donalarga 200°C dan 250°C gacha bo‘lgan harorat ta’sir etilinadi, bu esa Jacobs xushbo‘yligini yuzaga keltiradi.

Weight GOLD RGB 500px

Qovurilmagan donalar qovurilganlariga nisbatan og‘irroq bo‘lishini bilarmidingiz? Bunga sabab donalardagi namlikning bug‘lanib ketishidir.