«JACOBS» MAXFIYLIK SIYOSATI
KUCHGA KIRISH SANASI 01-08-2022
KUCHGA KIRISH SANASI 01-08-2022
Qo‘llanish sohasi
Ushbu “JACOBS” Maxfiylik siyosati “YAKOBS DAU EGBERTS BV” va uning affillangan shaxslari va sho‘ba korxonalari (“JDE”) tomonidan JACOBS mahsulotlari va ushbu sayt bilan bog‘liq shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, ulardan foydalanish va boshqa tarzda qayta ishlashni boshqaradi. Ushbu saytdan foydalanish orqali siz ushbu Maxfiylik siyosati shartlarini anglagan holda qabul qilasiz.
Ba’zida bizning saytimizda boshqa kompaniya yoki tashkilotlarning saytlariga havolalar taqdim etilishi mumkin. Ushbu saytlarning maxfiylik siyosatlarini diqqat bilan ko‘rib chiqishingiz kerak, chunki ular ushbu Maxfiylik nizomidan farq qilishi mumkin.
Sizning ma’lumotlaringizga kim ma’sul hisoblanadi?
“Yakobs DAU EGBERTS KAZAXSTAN” MCHSH, BIR 141240017923,: Qozog‘iston Respublikasi, 050012 / A05H0E3, Olmaota, Olmali tumani, Tole bi 101 manzilda ro‘yxatdan o‘tgan, shaxsga doir ma’lumotlaringizni to‘plash va qayta ishlashning barcha bosqichlari uchun mas’ul bo‘lgan yuridik shaxsdir.
Nima uchun biz shaxsga doir ma’lumotlarni to‘playmiz?
Saytda ro‘yxatdan o‘tish yoki boshqa yo‘l orqali biz bilan bog‘lanmoqchi bo‘lganingizda, sayt ism, manzil, yashash mamlakati, rezyume va elektron pochta manzili kabi ba’zi shaxsga doir ma’lumotlarni, shuningdek (foydalanishdagi) “JACOBS” mahsulotlaringiz haqida ma’lum qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘raydi. Ushbu ma’lumot bizga quyidagilarda yordam beradi:
Shaxsga doir ma’lumotlaringizni qanday to‘playmiz?
Siz o‘zingizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni bizga turli usullar bilan taqdim etishingiz mumkin, masalan:
Shaxsga doir ma’lumotlaringizga qanday kiriladi yoki uzatiladi?
“JACOBS” mahsulotlarini sotish va targ‘ib qilish uchun mas’ul bo‘lgan biznes bo‘linmalari JDE guruhining butun dunyo bo‘ylab joylashgan kompaniyalar ekanligini ma’lumot uchun eslatmoqchimiz. Buning natijasida, shaxsga doir ma’lumotlaringiz bunday mamlakatlarga taqdim etilishi/uzatilishi mumkin.
Shuni yodda tutingki, ba’zi uchinchi davlatlar shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishning tegishli darajasini ta’minlay olmaydi. Biroq, JDE ma’lumotlaringiz maxfiyligi va xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur himoya choralarini ko‘rishiga ishonchingiz komil bo‘lishi mumkin.
JDE shaxsga doir ma’lumotlaringizni JDE nomidan qisman ishlov berish faoliyatini amalga oshirish uchun bizga yoki agentlarga xizmatlar ko‘rsatadigan uchinchi shaxslarga ham berishi mumkin. JDE sizning shaxsga douir ma’lumotlaringizni ushbu Siyosatda nazarda tutilmagan hollarda uchinchi shaxslar maqsadlari uchun sotmaydi, foydalanishga bermaydi yoki boshqa yo‘l bilan uzatmaydi. JDE ushbu pudratchilardan sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizning yetarli darajada himoyalanishini ta’minlashni talab etadi.
JDE может продать какой-либо из бизнесов (его часть) другой компании. В случае если такой продаваемый бизнес имеет отношение к продуктам «JACOBS», его передача может также включать передачу ваших персональных данных новому владельцу.
Biz sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni faqat qonun tomonidan talab qilingan taqdirda, firibgarlikni oldini olish yoki unga qarshi kurashish maqsadida yoki nizolarni hal qilish yoki boshqa qonuniy maqsadlar uchun, xususan, biznesimiz xavfsizligi yoki xodimlarimiz xavfsizligi kabi ma’lumotlaringiz maxfiyligini himoya qilish manfaatlaridan ustun qo‘yishi mumkin bo‘lgan holatlardagina oshkor qilamiz.
Sizning tanlovingiz
Agar siz “JACOBS®” saytida ro‘yxatdan o‘tsangiz, siz JDE va uning vakolatli agentlariga shaxsga doir maʼlumotlarni toʻplash, qayd etish, tizimlashtirish, toʻplash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, oʻzgartirish), olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirish), shaxsiyatsizlashtirish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilish va yuqorida tavsiflangan maqsadlar uchun shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashning boshqa shakllariga ruxsat berasiz.
“JACOBS®” saytida ro‘yxatdan o‘tish
Sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan “JACOBS®” mahsulotlari haqida ma’lumotni elektron pochta, oddiy pochta va boshqa aloqa kanallari orqali yubormoqchimiz, lekin biz buni faqat bizdan ko‘rsatilgan ma’lumotlarni olishga rozilik bildirsangizgina amalga oshiramiz.
Shuni yodda tutingki, hozirda ushbu opsiyalarni tanlamaslik qaroringiz boshqa kontakt maʼlumotlari yoki boshqa foydalanuvchi akkauntidan foydalanganda koʻrsatilgan aloqa sozlamalaringizga taʼsir qilmaydi.
Siz har doim quyidagi variantlardan birini tanlab, “JACOBS®” mahsulotlari uchun keyingi JDE jo‘natmalarini rad etish imkoniga ega bo‘lasiz:
o Onlayn profilingizdagi tegishli yuborish sozlamalarini o‘zgartirish orqali.
Shuni yodda tutingki, agar siz “JACOBS®” mahsulotlarini qayta ishlash tartib-qoidalari tufayli biron-bir jo‘natishni bekor qilgan bo‘lsangiz, siz hali ham ma’lum vaqt davomida amalga oshirilayotgan jo‘natmalarni qabul qilishingiz mumkin.
Sizning ma’lumotlaringizni qanday himoya qilamiz?
JDE ushbu ma’lumotlarni yo‘q qilinishi yoki noto‘g‘ri ishlatishdan himoya qilish uchun tegishli texnik va tashkiliy choralarni ko‘radi. Bu xavfsiz ro‘yxatdan o‘tish shakllaridan foydalanish, ma’lumotlarni shifrlash va shaxsiy ma’lumotlaringizga kirishni cheklashni o‘z ichiga olishi mumkin.
Shaxsga doir ma’lumotlaringizni qancha vaqt saqlaymiz?
Shaxsga doir ma’lumotlaringiz akkauntingizni bekor qilganingiz yoki o‘chirganingizdan so‘ng tegishli vaqt ichida yo‘q qilinadi. Biz faqat qonuniy majburiyatlarga rioya qilish, nizolarni hal qilish yoki kelishuvlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarni saqlab qolishda davom etamiz.
Cookie-fayllar (“Kuki”)
Cookie (“Kuki”) – bu internet sahifasiga tashrif buyurganingizda veb-brauzeringiz tomonidan kompyuteringizga joylashtiriladigan kichik ma’lumotlar faylidir. Cookie-faylning o‘zi ma’lumotni o‘z ichiga olmaydi yoki to‘plamaydi, lekin server tomonidan veb-brauzer yordamida o‘qilganda, u xizmatdan foydalanishni osonlashtirishga yordam beradi, masalan, xatolarni aniqlash orqali. Cookie-fayllar nima ekanligi va ularni qanday ishlatishimiz va nazorat qilishimiz haqida batafsil ma’lumot olish uchun “JACOBS” Cookie siyosati (CookiePolicy) bilan tanishib chiqing.
Bolalar
Biz ota-onalarni 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarining internetdan foydalanishini nazorat qilishda faol ishtirok etishlarini qat’iy tavsiya qilamiz. JDE odatda bolalardan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘maydi va asosiy e’tiborni bolalarga qaratmaslikka harakat qiladi. Biroq, agar biz bolaga javob qaytarishga majbur bo‘lsak, shunchaki bolaning savoliga javob bermasak yoki bolaning iltimosini bajarmasak, biz ota-onalarga yoki ularning vasiylariga bolaning shaxsga doir ma’lumotlaridan foydalanishdan oldin rozilik berish uchun oqilona imkoniyat yaratishga harakat qilamiz.
Ushbu Siyosatga o‘zgartirishlar
Biz “JACOBS®” Maxfiylik siyosatga ba’zida o‘zgartirish kiritishimiz mumkin. Shuning uchun, ushbu siyosat bilan vaqti-vaqti bilan tanishib chiqishiningizni tavsiya qilamiz. Ushbu Siyosatga oxirgi o‘zgartirishlar 2016-yil 14-iyun kuni kiritilgan.
Savollar va mulohazalar
Iltimos, maxfiylikka oid savollaringiz va fikrlaringizni privacy@jdecoffee.com manziliga yuboring.
Bundan tashqari, siz istalgan vaqtda shaxsga doir ma’lumotlaringizga kirishingiz va agar ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki tegishli maqsadda foydalanilmayotgan bo‘lsa, tuzatish va/yoki o‘chirishni talab qilishingiz mumkin. Buning uchun biz bilan privacy@jdecoffee.com manzili orqali ismingiz va manzilingizni ko‘rsatgan holda murojaat qilishingiz mumkin.