1895

Bizning asoschimiz Iogann Yakobs o‘zining birinchi do‘konini Germaniyaning jadal rivojlanayotgan port shahri Bremenda ochadi. Qahva, choy, shokolad va pechenyelar bilan savdo qilar ekan, u “faqat eng yaxshi, benuqson tovarlarni maqbul narxlarda yetkazib berishni" o‘zining missiyasi deb e’lon qiladi.

1907

Iogann Yakobs o‘zining birinchi qahva qovurish nuqtasini ochadi. Bremen aholisiga birinchi marta mazali va mohirona qovurilgan qahvani tatib ko‘rish imkoniyatini taqdim etadi.

 
 
1920-YILLARNING OXIRI

1920-YILLAR

Jacobs qahvasini Germaniyaning Boltiqbo‘yi qirg‘og‘idagi eng qimmat mehmonxonalar, restoranlar va dam olish maskanlarida topish mumkin bo‘ladi. Transatlantik rekordchi paraxodlarida u Amerikaga o‘zining birinchi sayohatini amalga oshiradi. Atlantika okeanining har ikki tomonidagi nozik ta’bli ichqibozlarga qahva yetkazib beriladi.

1930

Ioganning 22 yoshli jiyani Valter AQShdan qaytib keladi va kompaniyaga yangi g‘oyalar bilan qo‘shiladi. U nozik, jozibali qaqodni yaratadi, u birinchi marta Jacobs xushbo‘y hidini vizuallashtiradi. Brendning dastlabki shiorlari bilan u Jacobs brendini odamlar ongiga joylashtiradi. U Gremaniyada yangi tayyorlangan xushbo‘y qahvani odamlarning uylariga yetkazib beruvchi mashina parkini yaratadi.

1948

Urush vaqtida Jacobs korxonalarining buzilishi va yetkazib berishlardagi uzilishlardan keyin va nihoyat qahva ishlab chiqarishni qayta tiklash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu lahza Valter 12 qop yashil qahva donalari ortilgan urishdan keyingi dastlabki partiyani qabul qilishi bilan bilan belgilandi.

1954

Valter Yabobs afsonaviy “wunderbar” shiorini brend kampaniyalari va reklamalari orqali kirita boshlaydi. Birinchi Jacobs eruvchan qahvasi – Mocca Press – ham 1957 yilda ishlab chiqariladi.

1960'S

Valterning o‘g‘li Klaus 1962 yilda kompaniyaga qo‘shiladi va yangi mahsulotlar, qadoqlash va kommunikatsiyalarni yangi bozorlarga olib orqali yangi farovonlik davrini boshlashga yordam beradi. Jacobs kompaniyasi transport parkining “ari” ko‘rinishida bezatilgan VW Transporter avtofurgonlari shaharlarning ajralmas bir atributiga aylanadi.

1970'S

Krönung sevimli qahvaga aylanadi va o‘zining sodiq muxlislariga ega bo‘ladi. Odamlar uni Sharqiy Germaniyada yashovchi oila a’zolari va do‘stlariga sovg‘a o‘ramida yubora boshlashadi. 1973 yilda biz frau Zommer paydo bo‘lishini kuzatamiz , u keyingi 12 yil davomida Jacobs reclama kampaniyalarining ramziy yuziga aylanadi.

1980-YILLAR

1982-yilda Klaus Yakobs kompaniyani Shveytsariyaning sevimli shokolad ishlab chiqarish kompaniyasi Suchard bilan birlashtiradi. Oilaviy kompaniyadan global kompaniyaga o‘tish yo‘lining boshlanishi.

1990-YILLAR

1990 yilda Jacobs Filipp Morris kompaniyasiga sotilib, kompaniya Kraft Jacobs Suchard’ning bir qismiga aylandi. Jacobs yangi bozorlarga kirib, sobiq Sovet Ittifoqi, Yaqin Sharq, Afrika va Markaziy Amerikaga haqiqiy sifatli qahva taqdim etadi.

2015

Kraft Foods kompaniyasi Mondelez International Inc. kompaniyasiga aylanadi va Jacobs Douwe Egberts (JDE) tashkil etish uchun Sara Lee bilan yangi qo‘shilish davomida o‘zining qahva bo‘linmasidan voz kechadi.

2016

Jacobs brendi qudratli asosiy brend bilan uyg‘un tarzda birlashadi. Uni hali ham 50 yil oldin yaratilgan oltin toj bezab turadi. Odamlarga o‘zgacha bir narsadan bahramand bo‘lish imkoniyatini berish uchun u hali ham kundalik hayotni bezab turibdi.

2020

JDE Peet’s Coffee bilan birlashadi va 2020-yil may oyida Amsterdamda ro‘yxatga olingan JDE Peet’sni yaratadi.

YAXSHI KELAJAK YARATISH UCHUN XIZMAT QILAMIZ

BARQAROR O‘SISH

ENG YAXSHI YETKAZIB BERUVCHILAR TANLOVI

Biz JDE Peet's kompaniyasining Common Grounds tashabbusi bir qismi ekanligimizdan faxrlanamiz. Qahva yetishtiriladigan hududlardagi fermerlar va tub aholiga yordam berish bilan birga, qahva donalarimizni mas’uliyat bilan sotib olishga mas’uliyat bilan yondashamiz.